Fargona_avgust

2022-yil 8-avgust kuni Farg‘ona viloyat Agroxizmatlar markazi agromaslahatchisi S.Otaqulov viloyatimizning Bag‘dod tumanida bo‘lib, tuman karantin xizmati boshlig‘i M.Eshonxonov va "Fergana Spinning" paxta to‘qimachilik klasteri agronomi I.Nodirov hamrohligida g‘o‘za maydonlarida zararkunandalarga qarshi kurash hamda defoliatsiya tadbirini o‘tkazishga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.
Shuningdek, agromaslahatchimiz tumanning "Saxovat"MFY hududida 26 ga maydonda barpo etilib 138 nafar yoshlarga beminnat yordam tariqasida mulk qilib berilgan issiqxonalarda parvarish qilinayotgan ekinlarning holati bilan tanishdi hamda yoshlarga viloyatda tashkil etilgan AKIS markazi va uning faoliyati hamda o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha tushuncha berdi.
Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram | Web site | Facebook | Instagram | YouTube
Murojaat uchun:
+99897-555-03-10
ferganaakis@umail.uz
Manzilimiz:
Farg'ona shahar, Al-Farg'oniy ko'chasi 204-uy