FAXR

Davlat bayrog‘i — milliy g‘urur timsoli
Bugun Milliy markazda 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy ruhdagi davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda Markaz rahbariyati va xodimlari ishtirok etib, bayrog‘imiz tarixi hamda uning ranglarida mujassam bo‘lgan ma’no va ramzlar haqida fikr almashishdi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilar Davlat bayrog‘i har bir yurt fuqarosi uchun g‘urur va iftixor manbai ekanini alohida ta’kidlashdi. Ular bayroq — Vatanga sadoqat, birdamlik va tinchlik timsoli sifatida har birimiz qalbida mustahkam o‘rin egallashini aytib o‘tishdi. Shuningdek, bayrog‘imizning xalqaro maydonlarda baland hilpirashi — yurtimiz taraqqiyoti va jahon hamjamiyatidagi nufuzining yorqin ifodasi ekani qayd etildi.
Tadbir so‘ngida qatnashchilar milliy ramzlarimizni hurmat qilish, kelajak avlodlar ongida Vatanga muhabbat va faxr tuyg‘usini mustahkamlash barchamizning muqaddas burchimiz ekanini ta’kidlab o‘tishdi.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube