Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

"Federal ilmiy markaz" Butunrossiya moyli o‘simliklar ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif

"Federal ilmiy markaz" Butunrossiya moyli o‘simliklar ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimlaridan iborat bo‘lgan delegatsiya a’zolarini institut direktori vazifasini bajaruvchi, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi Konstantin Georgiyevich Babloyev boshchiligidagi markazning ilmiy jamoasi kutib oldi. Delegatlar molekulyar-genetik tadqiqotlar laboratoriyasi va biokimyo laboratoriyalariga tashrif buyurishdi. Shuningdek, markaz xodimlari bilan birgalikda umumiy masalalar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazishar ekan, unda ilmiy tashkilotlar va qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Markaz olimlari qoraqalpog‘istonlik ilmiy-tadqiqodchilarning erishgan yutuqlarni yuqori baholab, janubiy hududlarda yog‘li o‘simliklarni yetishtirish muhimligini, shuningdek, VNIIMK tomonidan yetishtirilgan nav va duragaylarning o‘ziga xos xususiyatlarini, ularni namlik kam bo‘lgan sharoitlarda yetishtirishga moslashtirish natijasida yuqori hosil berishini ta’kidladilar. Tomonlar moyli o‘simliklarning turli tuproq-iqlim sharoitlariga yuqori darajada moslashuvchan navlari va duragaylarini yaratish hamda Qoraqalpog‘istonda seleksiya ishlanmalarini joriy etish imkonini beradigan tajriba almashish bilan birgalikda ilmiy-tadqiqotlar olib borish muhimligini ta’kidladilar. Uchrashuv yakunida hamkorlikda ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish to‘g‘risida ikki tomonlama shartnoma imzolandi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.