Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Fermerlar uchun g‘alla parvarishiga oid amaliy seminar o‘tkazildi

Fermerlar uchun g‘alla parvarishiga oid amaliy seminar o‘tkazildi
Kattaqo‘rg‘on tumanida Ishtixon, Narpay, Paxtachi va Kattaqo‘rg‘on tumanlarida faoliyat yuritayotgan fermerlar ishtirokida 2026-yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlarini sug‘orish, parvarish qilish hamda kuz faslining iliq va quruq kelayotgani sharoitida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan agrotexnik tadbirlar bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi. Tadbirda soha olimlari, mutaxassislar va tajribali agronomlar qatnashib, amaliy tavsiyalar berdi. Seminarda fermerlarga suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish, sug‘orish muddatlarini to‘g‘ri belgilash, havo sharoitidagi o‘zgarishlardan kelib chiqib parvarish ishlarini o‘z vaqtida bajarish, o‘g‘itlash hamda zararkunda va kasalliklarga qarshi kurashish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Mutaxassislar ayniqsa kuzning noodatiy iliq kelayotgani sabab tuproq namligini saqlash, ortiqcha suv sarfini oldini olish va o‘simlikning vegetatsiya bosqichiga mos ishlov berish muhimligini alohida ta’kidladi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. Web | Telegram | Facebook | Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.