Fermerlar uchun qo‘shimcha imkoniyat

Endilikda paxta-g‘allachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklarida ham chorva saqlash uchun bino va inshootlar qurish mumkin.
Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.
Qarorning 3-bo‘limi (v) bandiga ko‘ra fermerlarga quyidagi imkoniyatlar beriladi:
49 yilga ijaraga berilgan yerlarda paxta-g‘allachilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, kamida 10 gektar yer maydoniga ega xo‘jaliklar yer maydonining 1 foizi, biroq 20 sotixdan ko‘p bo‘lmagan qismida:
yirik va mayda shoxli qoramollarni saqlash uchun
— yengil konstruksiyali bino,
— suv rezervuari,
— ozuqa saqlash ombori
qurishga ruxsat beriladi.
Muhim shartlar:
Kamida 60 bosh yirik shoxli
Kamida 100 bosh mayda shoxli mol boqish loyihasi amalga oshirilishi shart.
Qurilish tugallangandan so‘ng 6 oy ichida belgilangan talab bajarilmasa, qurilgan obyekt noqonuniy qurilma deb baholanadi.
Hujjatning to‘liq matni:
https://lex.uz/docs/7807664
Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring.
Ma’lumot foydali bo‘lsa, ulashing.
Telegram
Instagram
Facebook
Youtube