Fermerlar va g'allakorlar uchun tavsiyanoma ishlab chiqildi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi olimlari tomonidan "Kuzgi boshoqli don ekinlarini noyabr oyida parvarishlashda amalga oshirilishi lozim bo'lgan agrotexnik tadbirlar to'g'risida ilmiy tavsiyalar" ishlab chiqildi.
Mazkur qo‘llanma kuzgi boshoqli ekinlarni samarali parvarishlash, hosildorlikni oshirish va zamonaviy agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etishga yo‘naltirilgan. Xususan, mazkur tavsiyanomada kuzgi boshoqli don ekinlarini noyabr oyida parvarishlashda amalga oshirilishi lozim bo'lgan agrotexnik tadbirlar to'g'risida ilmiy ko'rsatmalar berilgan.
Mazkur tavsiyanoma g'allachilik sohasida faoliyat ko'rsatayotgan mutaxassislar, g'allachilik klasterlari hamda fermer xo'jaliklari rahbarlari uchun mo'ljallangan.
Tavsiyanomani elektron shakli bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://online.pubhtml5.com/pcipf/xseh/
Website Telegram Facebook YouTube Instagram