Fevral oyida intensiv bog'larda amalga oshiriladigan asosiy agrotexnik tadbirlar

Fevral oyi intensiv bog'larni bahor mavsumiga tayyorlashda muhim davr hisoblanadi. Bu paytda bog'bonlar hosildorlikni oshirish va daraxtlarning sog'lom o'sishini ta'minlash uchun bir qator agrotexnik tadbirlarni amalga oshiradi.
Daraxtlarga shakl berish
Qishki kesish - hosildorlikni oshirish va daraxtlarning sog'lom o'sishini ta'minlash uchun muhim. Quruq va kasallangan shoxlarni olib tashlash - bog'da havo almashinuvini yaxshilaydi va kasalliklarning oldini oladi.
Zararkunandalar va kasalliklarga qarshi choralar
Himoya vositalari bilan ishlov berish - zararkunandalar va kasalliklarga qarshi maxsus preparatlar qo'llaniladi.
Daraxt tanasiga ohakli eritma surish zararkunandalardan himoya qilishdagi yaxshi tadbirlardan sanaladi.
Tuproqni oziqlantirish (o'g'itlash)
Fosfor va kaliyli o'g'itlar - daraxt ildiz tizimini
mustahkamlash uchun qo'llaniladi.
Organik o'g'itlar - gumus va kompost vositasida tuproq
unumdorligini oshirish muhim.
Tomchilatib sug'orish tizimini tekshirish va tayyorlash
Qish davrida muzlab golgan quvurlarni tekshirish va
zarur holda talmirlash. Yerni namlik bilan ta'minlash uchun sug'orish tizimini tayyor holatga keltirish.
Yangi ko'chatlar ekish va bog'ni kengaytirish
Fevral oyi intensiv bog'larni kengaytirish va yangi
ko chatlar ekish uchun qulay davr hisoblanadi.
Hosildorlik yuqori bolgan, kasalliklarga chidamli
ko'chatlar tanlab olinadi. Fevral oyida amalga oshirilgan bu ishlar bog'larning kelgusi hosildorligiga katta ta'sir ko'rsatadi. Har bir jarayonni o'z vaqtida va me'yorida bajarish intensiv bog'larning samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube