Firibgarlardan ogoh bo‘ling!

Shu kunlarda vazirlik, idora va tashkilot rahbarlari nomidan soxta Telegram akkauntlar ochilib, ular orqali tizim tashkilotlari rahbarlari, xodimlariga turli xil mazmundagi xabarlar tarqatilayotgan holatlari ko‘p kuzatilmoqda.
Ayrim holatlarda xodimlarga go‘yoki shaxsiy ma’lumotlar noqonuniy tarqatilgani yuzasidan ichki tekshiruv o‘tkazilayotgani, yaqin vaqt ichida o‘zini mas’ul tashkilot xodimi sifatida tanishtiruvchi shaxs bog‘lanib savollar berishi haqida asossiz xabarlar yuborilgani qayd etilmoqda.
⏳ Shu bois Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda uning tizim tashkilot rahbar-xodimlaridan ijtimoiy tarmoqlar orqali kelayotgan, rasmiy guruhlarga aloqador bo‘lmagan murojaat yoki topshiriqlarga ehtiyotkorlik bilan yondashish, ularning haqqoniyligini tekshirmasdan ishonmaslik hamda shubhali akkauntlarga nisbatan hushyorlikni kuchaytirib, shaxsiy yoki xizmatga oid ma’lumotlarni taqdim etmaslikni so‘raymiz.
Unutmang, axborot xavfsizligi va ogohlik — firibgarlikning oldini olishning eng muhim omillaridan biridir.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram