Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Foto_fakt

Foto_fakt
⌛ Milliy markaz tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Buloqboshi” MFY hududida 22 ta aholi tomorqasida kichik grant loyihalar doirasida “xonadonbay” ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazilayotgani haqida rasmiy sahifalarimizga oldin joylagan xabarlarimizda ma’lumotlar bergan edik. Aholi tomorqalariga birinchi ekin sifatida kartoshkaning institut olimlari tomonidan yaratilgan “O‘zbekiston qizili” va “Toshkent ertakisi” navlari ekilgan. Hozirda ekilgan kartoshka urug‘lari bir tekis unib chiqib, baravj rivojlanmoqda. Yuqoridagi suratni loyiha ishtirokchisi Muhamadali Jakbarov bugun erta tongda bizga jo‘natdi. Bizni kuzatib boring. Olimlarimiz o‘tkazayotgan “xonadonbay” ilmiy loyihalarning keyingi bosqichlari haqida ham ma’lumotlar berib boramiz. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.