Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Foto_fakt

Foto_fakt
⌛ Milliy markaz tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Buloqboshi” MFY hududida 22 ta aholi tomorqasida kichik grant loyihalar doirasida “xonadonbay” ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazilayotgani haqida rasmiy sahifalarimizga ma’lumotlar berib boryapmiz. Aholi tomorqalariga birinchi ekin sifatida kartoshkaning institut olimlari tomonidan yaratilgan “O‘zbekiston qizili” va “Toshkent ertakisi” navlari ekilgan. Loyiha ishtirokchilaridan biri bo‘lgan Muhammadali Jakbarov bizga tomorqasida olimlar bilan amalga oshirilayotgan jarayonlar aks etuvchi suratlar jo‘natib turadi. Kartoshka unib chiqib, endigina qatori bilinib qolgan paytdagi holatni suratga olib bizga jo‘natgandi. Muhammadali Jakbarov bugun ham kayfiyati chog‘ holda yana bir surat jo‘natdi. Suratlardagi farqdan anglash mumkinki, olimlar bilan hamkorlik o‘zining ijobiy natijasini bermoqda. Bizni kuzatib boring. Olimlarimiz o‘tkazayotgan “xonadonbay” ilmiy loyihalarning keyingi bosqichlari haqida ham ma’lumotlar berib boramiz. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.