Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Foydali

Foydali
CHIGIT EKISH UCHUN PUSHTA OLISH Chigitni pushtaga ekish haydov qatlamida tuproq zichligini uzoq vaqt maqbul holatda saqlanib turishini taʼminlaydi. Bunday texnologiyada tuproqning ustki qismidagi harorat chigit tekis yerga ekilganiga nisbatan 1,0-3,0 daraja yuqori bo‘ladi. Chigitlar barvaqt unib chiqadi, paxta hosili oshadi. Pushta olish uchun sho‘rlanmagan, kam va o‘rtacha sho‘rlangan, lekin sho‘ri yaxshi yuvilgan tekis maydonlar tanlanadi. Kuzgi shudgor 30-40 sm chuqurlikda o‘tkaziladi. Haydalgan yer yuzasining holatigi qarab pushtalarning to‘g‘ri chiqishi uchun begona o‘tlar ildizlaridan tozalanadi, yer sathi mexanizmlar bilan sifatli tekislanadi va molalanadi. So‘ngra chigit ekish yo‘nalishiga qarab GX-4 tipidagi pushta olg‘ichlar yordamida qator oralig‘i 60 sm yoki 90 sm, balandligi mos ravishda 16-18 sm va 25-30 sm bo‘lgan pushtalar olinadi. Milliy markaz (AKIS) RASMIY KANALI

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.