Foydali #Anor

Anorning oʻsish davri 180-225 kun, issiqsevar buta oʻsimlik.
U asosan Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Krasnodar oʻlkasi (Sochi)da, Qrimda, Qozogʻistonning janubiy qismi va Dogʻistonda tarqalgan,
Janubiy hududlarda esa anor dengiz sathidan 1200 m balandlikda, qariyb 700 mm yogʻingarchilik boʻladigan lalmikor yerlarda yetishtiriladi.
Anor sovuq shamollardan himoyalangan va quyosh qizdirib turadigan unumdor qumoq boʻz tuproqlarda yaxshi oʻsadi,
Pishgan mevasi tarkibida 15-19% qand 1,2-2,6% kislotalar, sharbatida esa shifobaxsh temir va koʻp miqdorda tanin moddasi bor.
Oʻrta Osiyoda anor qariyb 2000-yildan buyon ekilib kelinmoqda. MDH mamlakatlari orasida anorzorlarning 25% dan koʻprogʻi Oʻzbekistonda joylashgan,
Anor kichikroq daraxt yoki buta shaklida oʻsadi, boʻyi 2-5 m gacha yetadi, mevasi yirik, oʻrtacha vazni 150-200 g dan 1-1,2 kg gacha boʻladi,
Toʻliq pishganda terib olinadi. Pishgan mevasi oʻz vaqtida terib olinmasa, yorilib ketadi
Anor 15-16 daraja sovuqdan qattiq zararlanadi. 18-20 daraja sovuqda esa uning ildizi boʻgʻzigacha sovuq uradi. shuning uchun qishda koʻmiladi,
Oʻzbekistonda 40 dan ortiq navlari mavjud boʻlib, sovuqdan asrash uchun asosan kuzda koʻmib qo'yiladi.
Bogʻlarni yoshi hamda navlarga qarab, har gektar bogʻdan 15-35 t hosil olish mumkin,
Anorning mevasi yirik, vazni 250-800 gramm va undan ogʻir boʻladi,
Doni och pushti rangdan tortib toʻq qizil, deyarli qora ranggacha boʻladi.
Anor mevalari, odatda, shoxlarning uchida tugiladi, shox-shabba oralarida juda kam boʻladi, buni butashda hisobga olish kerak.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube