Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Foydali #Behi

Foydali #Behi
Behi asosan konservabop meva hisoblanadi. Ammo, Oʻzbekistonda yetishtirilayotgan koʻpchilik behi navlari mevalari “desert” sifatida ham isteʼmol qilinadi. Behi eng qadimiy oʻsimliklardan biri boʻlib, respublikamiz viloyatlarida ekilib, parvarish qilinib kelinmoqda. Oʻzbekistonda behi daraxti daryo sathidan 360-1000 m balandlikda joylashgan sugʻoriladigan yerlarda yaxshi oʻsadi, dengiz sathidan 1100-1400 m balandlikda vegetatsiya davri qisqaligi uchun behizorlar barpo qilishda asosan tez pishuvchi navlar ekish tavsiya qilinadi. Behi daraxtini yer ustki qismlari tana (shtamb), markaziy shox, oʻsuvchi shox, ona shoxlar va tartib shoxlardan iborat. U buta va daraxt holida oʻsadi, boʻyi 1,5 m dan 8 m gacha yetadi. Koʻp ildiz bachki chiqaradi. Novda, kurtaklari va barg bandi tuk bilan qoplangan. Gullari koʻpincha yakka-yakka joylashgan boʻladi, rangi oq yoki och pushti rangda va yirik boʻladi. Behi kech gullaydi, shu sababli bahorgi qisqa muddatli sovuq meva kurtaklariga uncha zarar keltirmaydi. U olma va nokka nisbatan tez 2-3 yilda hosilga kiradi. Behi qurgʻoqchilikka chidamli, olma va nokka nisbatan issiqqa koʻproq talabchan, sovuqqa ham nisbatan bardoshli (-27 daraja) hisoblanadi. Oʻta past (-30 daraja) haroratda meva kurtaklari, bir yillik va qarigan eski shoxlari zararlanadi. Behi daraxti oʻsishi va rivojlanishi boshqa daraxtlardan farq qiladi, yaʼni, quyosh chiqishi va botishiga qarab, aylanib (spiral holida) oʻsadi. Behi oʻsimligi issiqqa talabchan. Uning yaxshi oʻsib rivojlanishi hamda meva kurtaklarining shakllanishi uchun oʻrtacha optimal harorat 15-20 daraja hisoblanadi. Behi erta hosilga kiradi va 35-40 yilgacha moʻl hosil beradi, 50-60 yilgacha umr koʻradi KASALLIK VA ZARARKUNANDALARI olma qurti, monilioz kasalligi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.