Foydali #Sarimsoq_kasallik

SARIMSOQ PIYOZNI KASALLIK VA ZARARKUNANDALARI
Oʻzbekiston sharoitida sarimsoqni piyoz pashshasi, trips, kasalliklardan soxta un-shudring va un-shudring kasalliklari koʻproq zararlaydi.
piyoz pashshasi – kulrang, uzunligi 6-7 mm, lichinkasi 10 mm, oq rangda, oyoqsiz. Lichinkalari sarimsoq ildiz boʻgʻzini shikastlaydi. U sarimsoq hosilining 13-24% gacha kamayishiga sabab boʻladi.
trips – erta bahorda sarimsoq bargi oʻsa boshlaganda bargga joylashib, uni zararlaydi. Tanasi uzunchoq (0,8-0,9 mm), och-sariq rangda, juda harakatchan.
soxta un-shudring va un-shudring – kasalliklari zararlangan sarimsoq oʻsimligi poyasida, bargida och kulrang tusli mum-gʻubor paydo boʻladi. Zararlangan oʻsimliklar zaif boʻladi, barglari sargʻayadi. Kasallikning rivojlanish davri 10-18 kun davom etadi.
zang kasalligini paydo qiluvchi Puccinia alli zamburugʻi boʻlib, u oʻsimlikni oʻldirmaydi, ammo zararlangan barglarda fotosintez jarayoni susayadi, natijada oʻsish surʼatlari pasayadi va boshqa kasalliklarga duchor boʻladi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube