Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

foydali_ma'lumot

foydali_ma'lumot
BODOM- QIMMATBAHO VA SERHOSIL DARAXT Bodom – butasimon mevali o‘simlik. Uning 40 ga yaqin turi maʼlum. Osiyo, Shimoliy va Markaziy Amerika, Yevropaning janubi, Kavkazortida keng tarqalgan. Bodom yer tanlamaydi, lekin yumshoq yerlarda yaxshi o‘sadi, sovuqqa chidami o‘rtacha, qurg‘oqchilikka chidamli. Shuning uchun tog‘ yonbag‘irlarida tuproq eroziyasiga qarshi ixota daraxtzorlari barpo etishda ham ekiladi. Bir tupidan 60-80 kg hosil olinadi. Mamlakatimizda Farg‘ona vodiysi (umumiy bodomzorlarning 60% i), Surxondaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida 7 ta turi o‘stiriladi. Akademik M. Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti va uning hududiy ilmiy-tajriba stansiyalarida bodomning "Pervenes", "Ugam" va "Malika" navi yaratilgan bo'lib, ular mamlakatimizning Jizzax, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona, Surxondaryo viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan. Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan bodom mahsuloti Ozarbayjon, Armaniston, Afg‘oniston, Belarus Respublikasi, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gruziya, Hindiston, Eron, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iz Respublikasi, Latviya, Mongoliya, Niderlandiya, BAA, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va Fransiya kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.