Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Foydali_maslahat

Foydali_maslahat
Gulkaram tarkibi va shifobaxshligi Karam turlari ichida tarkibining qimmatliligi bo‘yicha gulkaram birinchi o‘rinlarda turadi. Uning boshida 9,65% quruq moddalar, 1,2-5,0% qand, 1,4% gacha kletchatka, 1,5-3,3% oqsil mavjud. Oqsildagi aminokislotalar tarkibi, sifati, miqdori va nisbati jihatidan mol go‘shtidan qolishmaydi. Gulkaram tarkibidagi almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar uning qimmatliligini yanada oshiradi. Shuningdek, u S, V1, V2, V6,V9, V12, RR vitaminlariga, foliy kislotasi va kaliy, fosfor, kalsiy, natriy, magniy, temir mineral moddalariga juda boy. Ayrim ilmiy adabiyotlarda gulkaramning bosh qismida boshqa sabzavotlarda uchramaydigan N vitamini mavjud bo‘lib, u inson asab tizimini tinchlantirishga va ruhiyatini ko‘tarishga yordam berishi qayd etilgan. Gulkaram qaynatilgan, qovurilgan, dimlangan holda iste’mol qilinadi. Uni muzlatish, ziravor qo‘shib sirkalash,qizartirib pishirish mumkin. Sog‘liqni saqlash muassasalarining tavsiyasiga ko‘ra yil davomida odam boshiga 4-5 kg gulkaram iste’mol qilish tavsiya etilgan. Gulkaram iste’mol uchun qimmatli mahsulot hisoblanadi. Uning yumshoq konsistensiyasi organizm tomonidan yengil hazm qilishni ta’minlaydi, oshqozon–ichak tizimi kasalliklarida, bolalarga, keksa va xirurgik operatsiya o‘tkazgan kishilar uchun parhez taom sifatida tavsiya etiladi. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.