Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

FOYDALI_MASLAHAT

FOYDALI_MASLAHAT
KAMQONLIK VA QUVVATSIZLIKKA TABIIY DAVO Kuz mavsumida, ayniqsa fasllar almashadigan ayni oylarda insonlarda quvvatsizlik, uyquchanlik oshadi. Shu bilan birga kamqon insonlarda immunitet ham tushib ketadi. Bunga eng yaxshi darmon dori - quritilgan mevalar. Ayniqsa uzum mayizi kamqonlik aniqlangan bemorlarga uni yeyish tavsiya etiladi. Mayizni suvini ichish esa quvvatni oshiradi. Buning uchun 10 dona mayizni piyolaga solib, ustidan 100gram 60 daraja issiqlikdagi qaynagan suvni quying. Piyola ustini yopib, ertalabgacha qoldiring. Och qoringa mayiz suvini ichib tursangiz gemoglobin miqdori normallashadi. Xastalikdan keyin quvvatni tiklash uchun mayiz, yong`oq va asal aralashmasi tavsiya etiladi. Teng miqdorda yong`oq va asalni go'shtqiymalagichdan o'tkazib, ta'bga ko'ra asal bilan aralashtirib olasiz. Nonushta vaqti 1-2 choy qoshiqdan iste'mol qilib tursangiz kifoya. ⏩Buyrak kasalliklarida kunora mayiz iste'mol qilish maqsadga muvofiqdir. Mayiz tarkibidagi foydali elementlar peshob ajralashini faollashtiradi. Muntazam mayiz iste'mol qilish og'iz bo'shlig'i kasalliklarida ham bartaraf etadi. Mayiz suvi esa milk shamollashi, stomatit yaralari hamda yo'talga ham foydali. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.