Foydali_tavsiya

Qish kunlari xona ichida o‘simliklar yetishtirish
Qish kunlari yorug‘lik miqdori kamayadi, shuning uchun o‘simliklarni deraza tokchasiga yoki yorug‘lik yaxshi tushadigan joyga qo‘yish kerak.
Yorug‘lik yetarli bo‘lmagan joyda fitolampalardan foydalanish mumkin. Bu maxsus lampalar o‘simlik o‘sishini rag‘batlantiradi.
Uy sharoitida quyidagi o‘simliklarni muvaffaqiyatli yetishtirish mumkin:
Ko‘katlar: Petrushka, ukrop, shivit, salat barglari, ismaloq
Sabzavotlar: Pomidor (mayda navlari), qalampir, bodring (kichik navlari)
Ko‘chatlar: Limon, mandarin yoki boshqa sitrus mevalari
O‘tlar: Rayhon, yalpiz, oregano kabi ziravor o‘simliklar
O‘simlik turi uchun mos, oziq moddalarga boy tuproq aralashmasini tanlanash shart. Idish tagida suv oqib chiqishi uchun teshiklar bo‘lishi kerak. Plastik yoki keramik idishlardan foydalanish mumkin.
Qishda tuproq tez qurimaydi, shuning uchun sug‘orish miqdorini kamaytiriladi. Tuproq quruq bo‘lsa, keyin sug‘oriladi. Haddan tashqari sug‘orish ildizlarning chirishiga olib kelishi mumkin.
O‘simliklar uchun maqbul harorat 18-24 °C oralig‘ida bo‘lishi kerak. Qish mavsumida uy ichidagi havo quruq bo‘lishi mumkin, shuning uchun o‘simliklarni suv purkagich yordamida namlab turishni unutmang.
O‘simliklarni shamollatish muhim, ammo sovuq havo oqimi ularga zarar yetkazishi mumkin, shuning uchun o‘simliklarni sovuq deraza yoki eshik yaqiniga qo‘ymaslik kerak.
O‘simliklar qishda sekin o‘sadi, shuning uchun ular haftasiga bir marta yoki ikki haftada bir marta o‘g‘it bilan oziqlantiriladi. Bunda organik yoki mineral o‘g‘itlardan foydalanish mumkin.
Qishda namlik past bo‘lganida, o‘simliklarga o‘rgimchak qandalasi yoki boshqa zararkunandalar hujum qilishi mumkin. Zararkunandalarga qarshi maxsus biologik vositalardan foydalanish zarur.
Agar to‘g‘ri parvarish qilsangiz, qish mavsumida ham o‘z uyingizda tabiiy va foydali mahsulotlar yetishtirishga muvaffaq bo‘lasiz.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEBTelegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube