Fundamental loyihalar “Oʻzbekiston-Belarus” xalqaro qoʻshma tanlovining 88-turi e’lon qilinadi

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan fundamental loyihalar “Oʻzbekiston-Belarus” xalqaro qoʻshma tanlovining 88-turi quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha e’lon qilinadi:
Fizika, matematika va informatika (Matematika, fizika, mexanika fanlari, Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish)
Texnika fanlari (Texnika fanlari);
Kimyo va yer haqidagi fanlar (Kimyo fanlari, kimyoviy texnologiyalar va nanotexnologiyalar fanlari, Yer toʻgʻrisidagi fanlar);
Tibbiyot va farmatsevtika fanlari (Tibbiyot fanlari, Farmakologiya va farmatsevtika fanlari);
Qishloq xoʻjaligi va biologiya fanlari (Qishloq xoʻjaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari);
Biotexnologiya (Biologiya va biotexnologiya fanlari);
Ijtimoiy va gumanitar fanlar (Filologiya va ijtimoiy fanlar, Iqtisodiyot fanlari, Huquq fanlari, Tarix va arxeologiya fanlari, Pedagogika va psixologiya fanlari).
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar grant.mininnovation.uz – davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi orqali 2024-yilning 13-iyunga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
Batafsil
Rasmiy sahifalarimiz
Web-site Instagram Facebook YouTube