Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Fundamental loyihalar “Oʻzbekiston-Belarus” xalqaro qoʻshma tanlovining 88-turi e’lon qilinadi

Fundamental loyihalar “Oʻzbekiston-Belarus” xalqaro qoʻshma tanlovining 88-turi e’lon qilinadi
Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan fundamental loyihalar “Oʻzbekiston-Belarus” xalqaro qoʻshma tanlovining 88-turi quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha e’lon qilinadi: Fizika, matematika va informatika (Matematika, fizika, mexanika fanlari, Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish) Texnika fanlari (Texnika fanlari); Kimyo va yer haqidagi fanlar (Kimyo fanlari, kimyoviy texnologiyalar va nanotexnologiyalar fanlari, Yer toʻgʻrisidagi fanlar); Tibbiyot va farmatsevtika fanlari (Tibbiyot fanlari, Farmakologiya va farmatsevtika fanlari); Qishloq xoʻjaligi va biologiya fanlari (Qishloq xoʻjaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari); Biotexnologiya (Biologiya va biotexnologiya fanlari); Ijtimoiy va gumanitar fanlar (Filologiya va ijtimoiy fanlar, Iqtisodiyot fanlari, Huquq fanlari, Tarix va arxeologiya fanlari, Pedagogika va psixologiya fanlari). Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar grant.mininnovation.uz – davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi orqali 2024-yilning 13-iyunga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi. Batafsil Rasmiy sahifalarimiz Web-site Instagram Facebook YouTube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.