G‘allachilikdagi tarixiy natija — Yangi O‘zbekiston agrar siyosatining amaliy samarasi

“Yangi O‘zbekiston” gazetasida “10 million tonnalik rizq, baraka xirmoni xalqimiz dasturxonini to‘kin qilmoqda” sarlavhali maqola e’lon qilindi.
Maqolada mamlakatimizda g‘allachilik sohasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar, fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash, ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni keng qo‘llash orqali erishilgan yuksak natijalar atroflicha tahlil qilingan.
Ta’kidlanishicha, 10 million tonnalik g‘alla xirmonining bunyod etilishi nafaqat agrar tarmoq salohiyatining yuksalganidan, balki oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, fermer va dehqon mehnatini munosib rag‘batlantirish hamda qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatining amaliy samarasi ekanini yaqqol namoyon etadi.
Shuningdek, maqolada hosildorlikni oshirish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, yuqori hosilli navlarni keng joriy etish hamda fermerlarning fidokorona mehnati yurt ravnaqi va xalq farovonligini ta’minlashdagi hal qiluvchi omillardan biri ekani alohida e’tirof etilgan.
O‘zbekiston Fermerlari kengashi raisi Aktam Xaitov qalamiga mansub ushbu maqolada g‘allachilikda erishilgan tarixiy natijalar, Yangi O‘zbekistonning agrar taraqqiyot strategiyasi hamda xalqimiz dasturxonining to‘kinligini ta’minlash yo‘lidagi izchil islohotlar chuqur tahliliy va publitsistik ruhda yoritilgan.
Maqolaning to‘liq matni bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram