Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

G‘alladan bo‘shagan tajriba maydonlarida takroriy ekin joylashtirilmoqda

G‘alladan bo‘shagan tajriba maydonlarida takroriy ekin joylashtirilmoqda
Don va sholi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining tajriba maydonlarida g‘alla o‘rim-yig‘imidan bo‘shagan yerlarida takroriy ekin sifatida moshning "Durdona" navi ekilmoqda. Mazkur nav yuqori hosildorligi, ertapisharligi va mahalliy tuproq-iqlim sharoitiga mosligi bilan ajralib turadi. Bo‘shagan maydonlardan unumli foydalanish bir vegetatsiya mavsumida qo‘shimcha mahsulot yetishtirish, yer unumdorligini saqlash hamda ekin maydonlarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Daladagi agrotexnik tadbirlar belgilangan muddatlarda va zamonaviy texnologiyalar asosida amalga oshirilmoqda. Bu esa kuzda mo‘l va sifatli hosil olish uchun muhim omil hisoblanadi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.