Genetik jihatdan oʻzgartirilgan (Bt) gʻoʻza navlarini yetishtirish, kasallik va zararkunandalarga chidamliligini boshqarish hamda yuqori samarador mahalliy intensiv agrotexnologiyani joriy etish…

mavzusidagi seminar Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida davom ettirildi.
Bt–g‘o‘za navi – genetik jihatdan o‘zgartirish jarayonida o‘simlik irsiy apparatiga hasharot va zararkunandalar uchun zararli bo‘lgan oqsillarni sintezlovchi Cry genlari hamda gliofasat gerbidsidiga chidamli genlar kiritilgan g‘o‘za navi.
Ko‘sak qurtiga chidamlilik o‘simlikka Bacillus thuringiensis (Bt) tuproq bakteriyasining genetik materialini o‘tkazish orqali erishiladi. Genetik material o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan, ya’ni hasharot va zararkunandalariga toksik ta’sir ko‘rsatadigan, biroq sutemizuvchilar va maqsadli bo‘lmagan organizmlarga zararli ta’sir qilmaydigan oqsillarni kodlaydi.
Jahonda BT texnologiyasiga o'tish 1996-yilda boshlangan, bu texnologiya patentlanganligi sabab, uni shu vaqtgacha mamlakatimizda joriy qilish mumkin bo'lmagan, bizga bu texnologiya xorij seleksiyasi bilan kirib kelgan.
WEB|Telegram| Instagram| Facebook |▶ Youtube