Genetik resurslar — barqaror rivojlanish asosi

Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi O'simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutida xalqaro konsultant Dr. Monir Idres Yahya Ahmed ishtirokida "Genbank boshqaruvi, genetik resurslarning jahon miqyosidagi strategik ahamiyati hamda ulardan samarali foydalanish" masalalariga bag‘ishlangan trening bo'lib o'tdi.
Trening davomida o‘simlik genetik resurslarini saqlash, hujjatlashtirish va monitoring qilish, ulardan ilmiy tadqiqotlar, seleksiya va qishloq xo‘jaligi amaliyotida samarali foydalanish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar va xalqaro tajribalar atroflicha muhokama qilindi.
Ushbu trening institut ilmiy jamoasining bilim va salohiyatini oshirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda milliy genbank faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram |Facebook |▶Youtube