Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Genetik xilma-xillik va xalqaro hamkorlik — forum ishtirokchilari diqqat markazida

Genetik xilma-xillik va xalqaro hamkorlik — forum ishtirokchilari diqqat markazida
Forumda panel sessiyalar qizg‘in o‘tmoqda. Navbatdagi taqdimot O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti direktori Zafarjon Ziyaev tomonidan amalga oshirilmoqda. U "O‘simliklar genetik xilma-xilligini saqlash va O‘zbekiston–Italiya hamkorligi istiqbollari" mavzusida ma’ruza qilmoqda. Ma’ruzachi o‘z chiqishida genetik resurslarni saqlash, milliy genbankni boyitish hamda seleksiya ishlari uchun qimmatli gen manbalarini shakllantirish masalalariga alohida to‘xtaldi. Shuningdek, iqlim o‘zgarishi sharoitida barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda ilmiy yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. — Bugungi kunda o‘simliklar genetik resurslarini saqlash bilan birga, ulardan seleksiya va ishlab chiqarishda samarali foydalanish ustuvor vazifalardan biriga aylanmoqda, — dedi Zafarjon Ziyaev. Ma’ruza davomida institut tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, jumladan, genbankda saqlanayotgan minglab namunalar, yangi navlar yaratish hamda xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.