Gilos yaxshi rivojlanishi uchun tavsiyalar!

Quyosh nuri daraxt ichiga yaxshi kirishi uchun har yili o‘sgan shoxlari 10% ga qisqartirib butalanadi. Daraxtlarning qarish davrida 4–5 yoshli shoxlari kesilib ko‘proq yoshartiriladi. Agar kurtak harakatga kelishidan oldin 3% li va gul to‘kilgandan so‘ng 1% li bordo suyuqligi bilan ishlov berilsa, gilos daraxtlarida ko‘p uchraydigan bakterial rak (yelim chiqish) kasalligi oldini olish mumkin.
Gilos daraxti ko‘p suvga chidamsiz hisoblanadi. Ko‘p sug‘orish ildiz chirishi va boshqa kasalliklarlarga chalinishiga sabab bo‘ladi. Suvni yaxshi o‘tkazmaydigan tuproqlar gilos daraxti ildizlari uchun muammo tug‘diradi. Shuning uchun, og‘ir tuproq sharoitlarida daraxtlar atrofida suv ko‘lmaklab (yig‘ilib) qolishi xavfi oldi olinishi kerak.
Yoz davomida daraxtlar rivojlanishini ta’minlash uchun ariq bilan sug‘orilsa har 10 kunda bir marta yoki tomchilatib har 2 kunda bir sug‘orish maqsadga muvofiq.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube