Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Global iqlim o‘zgarishi sharoitida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi masalasi muhokamalar maydonida

Global iqlim o‘zgarishi sharoitida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi masalasi muhokamalar maydonida
Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti hamda O‘zbekiston “Agrar soha ayollari” uyushmasi hamkorligida «Global iqlim o‘zgarishi sharoitida oziq-ovqat va mahsulotlar xavfsizligini ta’minlash orqali Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi vakillari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyati, soha olimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, nodavlat notijorat tashkilotlar, xususiy sektor hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Konferensiyani Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shodmon Namozov kirish so‘zi bilan ochib, global iqlim o‘zgarishi sharoitida oziq-ovqat xavfsizligi hamda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashda soha olimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, erishilayotgan natijalar va ularning amaliyotga joriy etilishi xususida to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari Mavluda Xo‘jayeva so‘zga chiqib, mazkur yo‘nalishda qonunchilikni takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda ularning ahamiyati haqida faktlarga boy ma’lumotlar taqdim etdi. Shuningdek, mavzu doirasida qator qiziqarli va tahliliy taqdimotlar namoyish qilindi. Muhokamalar yakunida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada kuchaytirish, iqlimga mos innovatsion yechimlarni amaliyotga keng joriy etish hamda sohada xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.