GMO (Bt) paxta yog‘i haqidagi haqiqat

Ko‘pchilik orasida Xitoy va boshqa Bt genli (ko‘sak qurti va gerbitsidga chidamli) paxta navlarida yog‘dorlik mahalliy navlarga nisbatan past degan noto‘g‘ri tushuncha shakllangan. Aslida esa bu fikr ilmiy jihatdan tasdiqlanmagan.
Tadqiqotlarga ko‘ra, GMO (Bt) paxta chigitida o‘rtacha yog‘ miqdori 17,43%, Bt bo‘lmagan (oddiy) navlarda esa 17,40% ni tashkil etadi. Ya’ni Bt geni urug‘dagi umumiy yog‘ miqdoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi.
Barcha paxta navlarining chigitida 15–20% yog‘ bo‘ladi, yadrosida esa (po‘stlog‘idan ajratilganda) taxminan 37% xom yog‘ mavjud.
Xitoy va Turkiya navlarida tola chiqimi 45%, 1000 ta chigit og‘irligi 90–100 g bo‘lsa, mahalliy navlarda tola 35–38%, 1000 ta chigit og‘irligi 110–125 g ni tashkil etadi.
Shu sababli, 1000 dona chigitdan yog‘ ajratilsa, xorijiy GMO (Bt va Gt) navlaridan kamroq yog‘ olinadi. Ammo bir xil og‘irlikdagi chigitlardan (masalan, 1 tonnadan) yog‘ ajratilganda farq yo‘q.
Ilmiy laboratoriya natijalari shuni ko‘rsatadiki, Bt paxta duragaylari bilan ularning oddiy (non-Bt) turlari o‘rtasida yog‘ foizi va yog‘ kislotasi tarkibida sezilarli farq aniqlanmagan.
Manba: CABI Digital Library
#gmo_paxta_moyi #gmo_cotton_seed_oil
Website Telegram Facebook YouTube Instagram