Golubika – dunyodagi eng qimmat rezavor mevalardan biri

Ammo uning mamlkatimiz iqlimiga bardoshli ko‘chatlarini topishda muammo bor. Chunki mo‘tadil iqlimli hududlardan keltirilgan golubika ko‘chatlarini yozning jaziramasidan asralsada, qishdagi sovuqlarga bardosh bermasligi kuzatilmoqda.
Shu bois xabar berganimizdek, Milliy markaz tizimidagi akademik M. Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti va Belarus Respublikasining “Yagodka” fermer xo‘jaligi o‘rtasida qiymati 200 ming dollarni tashkil qiluvchi uch tamonlama shartnoma va loyihani amalga oshirish borasidagi “Yo‘l xaritasi” imzolandi.
Shartnomaga ko‘ra, akademik M. Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti hududida 10 gektar yer ajratilib, golubika ko‘chatlari va mevasini yetishtirish ilmiy asosda tashkil etiladi.
Institut direktori Alijon Esonqulovning ta’kidlashicha, Belarusdan olib kelingan ko‘chatlar sovuq haroratda sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan.