Golubika foydali,daromadli va eksportbop mahsulot

So’nggi yillarda jahon bozorida golubika mevasiga bo‘lgan talab ortib bormoqda, bu esa ko’plab mamlakatlarda uni еtishtirish va eksportining o’sishiga turtki bermoqda.
Global axborot tarmog‘idan olingan ma’lumotlarga ko‘ra golubikaning jahon bozoridagi savdosi 200 million yevroni tashkil qilgan bo‘lsa, 2020-yilda bu ko‘rsatkich 500 million yevroga yetgan. Tahlillarga ko‘ra golubika savdosining yillik o‘sish sur’ati 14 foizni tashkil etmoqda. Biroq aniq raqamlar har yili o‘zgaradi chunki golubika bozorida yangi ishtirokchilar safi kengaymoqda.
AQSh Qishloq xo’jaligi vazirligi (USDA) hisobotiga ko’ra, 2025-yilga kelib jahon bozorida golubika eksporti qiymati 3 milliard AQSh dollariga еtishi mumkin. Shunday qilib, ko’k meva eksporti jahon bozorida barqaror o’sishni ko’rsatmoqda, ishlab chiqarish hajmi ortib, еtkazib berish geografiyasi kengaymoqda. Golubika yetishtirishda top 10 talik davlatlar ro‘yxatidan AQSh, Kanada, Polsha, Germaniya, Meksika, Ispaniya, Peru, Chili, Xitoy va Avstraliya o‘rin olgan.
Belarusda ham so’nggi yillarda golubika mevasini еtishtirish sezilarli darajada rivojlanmoqda. Mamlakatning iqlim sharoiti va unumdor tuproqlari ushbu meva еtishtirish uchun qulay imkoniyatlar yaratadi. Mamlakatda yillik golubika hosili 1000 tonnadan oshadi. Asosiy еtishtirish hududlari Brest, Grodno va Minsk viloyatlaridir.
Asosiy eksport bozorlari Rossiya ва Yevropa mamlakatlari kiradi. 2023-yilda ko’k meva eksporti hajmi 500 tonnaga еtdi. Bu esa 2022-yilga nisbatan 20% o’sishni ko’rsatadi.
Belarus golubikasi yuqori sifat va ekologik tozaligi bilan ajralib turadi, bu esa uni xalqaro bozorda raqobatbardosh qiladi. Mamlakatda ko’k meva еtishtirishda zamonaviy texnologiyalar qo’llanilib, mahsulotning sifatini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Hozirgi vaqtda Belarus va O‘zbekiston o‘rtasida golubika yetishtirish bo‘yicha hamkorlik loyihalari amalga oshirilmoqda.
2023-yilda o‘zaro hamkorlik doirasida Milliy markaz tizimidagi akademik Mahmud Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti va Berlarusdagi “Yagodka” fermer xo‘jaligi o‘rtasida golubika ko‘chatlarini yetishtirish yo‘lga qo‘yildi. Ushbu maqsadda 35 ming tup golubika ko‘chati olib kelinib, ilmiy muassasaning tajriba xo‘jaligida parvarish qilinmoqda.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube