G‘o‘zani tomchilatib sug‘orish texnologiyasining afzalliklari

Tomchilatib sug‘orish usulining afzalliklari:
– egat orqali sug‘orishga nisbatan 40-50% gacha sug‘orish suvi tejaladi;
– suvning filtratsiya va bug‘lanish orqali isrof bo‘lishi keskin kamayadi;
– suv oqovaga chiqmaydi, irrigatsiya eroziyasi kuzatilmaydi va tuproq egat bo‘ylab bir tekislanadi;
– paxtadan qo‘shimcha 7-10 s/ga gacha hosil olish imkoniyati yaratiladi.
Tomchilatib sug‘orish usulining ayrim kamchiliklari va bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar:
– qurilish-montaj ishlarida faqat sifatli mahsulotlardan foydalanish va eksplutatsiya (g‘o‘zani sug‘orish) jarayonida doimiy nazorat o‘rnatish;
– begona o‘t bosgan maydonlarda tanlab ta’sir etuvchi gerbitsidlarni suv bilan birga qo‘llash;
– dalada ekin turi o‘zgarganda TSTini o‘sha ekinga mos holda qayta o‘rnatish lozim.
AKIS UZBEKISTAN