Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

G‘uzorda ertapishar bug‘doy navlari o‘rganilmoqda

G‘uzorda ertapishar bug‘doy navlari o‘rganilmoqda
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti “Donli ekinlar seleksiyasi” laboratoriyasi tomonidan G‘uzor tumani dala tajriba maydonlarida kuzgi yumshoq bug‘doy navlari ustida izchil fenologik kuzatuvlar olib borilmoqda. 2025- yil 26–29-noyabr kunlari ekilgan sho‘rga va sovuqqa chidamli istiqbolli navlar hozirda dala sharoitida baholanib, mahalliy hamda xorijiy sinovdan o‘tkazilmoqda. Quvonarli jihati shundaki, joriy yilning 26-mart sanasida mamlakatimizda ilk bor 4 ta navda (mahalliy va xorijiy) boshoqlash fazasi boshlanganligi qayd etildi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday erta rivojlanish kelgusida ertaki hosil olish, suv tanqisligi sharoitida barqaror natijaga erishish hamda navlarning iqlimga moslashuvchanligini aniqlashda muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.