Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

halqaro_hamkorlik

halqaro_hamkorlik
Agrar sohani rivojlantirishda turkiyalik olimlar bilan hamkorlik Avval xabar berganimizdek, Turkiyaning Adana viloyatida joylashgan “O‘rtaer qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti” da Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutning bir guruh yosh olimlari “Biotexnologiya” va “Speed breeding” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z malakalarini oshirib kelgan edi. Shuningdek, tashrif davomida o‘zaro memorandum, hamkorlik shartnomasi va qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘larini sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Ayni kunlarda hamkorlik memorandumni amalga oshirish, Turkiyadan tajriba sinov tariqasida olib kelingan turli ekinlar urug‘larini ekilishi bo‘yicha maslahatlashish maqsadida Turkiyaning Adana viloyatida joylashgan “O‘rtaer qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti” direktori doktor Abdulloh Chill Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdi. ⌛ Tashrif davomida doktor Abdulloh Chill institut faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Amaliy hamkorlik doirasida institutining markaziy dala maydonida “Turkiya davlatining boshoqli, dukkakli, moyli, yem-xashak ekinlari ko‘rgazmali ko‘chatzori”ni tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEBTelegram Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.