Hamdardlik

Sabzavotchilik ilmining zabardast olimi vafot etdi
Bugun taniqli olim, qishloq xo’jaligi ilmining fidoyisi, Milliy markaz tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri Mirxalil Xoldorov vafot etdi. Shu munosabat bilan Milliy markaz jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Marxalil Xoldorovning ilmiy merosi yosh olimlar uchun katta maktab bo’lib qoladi. Uning innovatsion ishlanmalari va tadqiqotlari mamlatimiz qishloq xo’jaligi sohasining rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Uning fidokorona mehnati va ilmga bo’lgan sadoqati olim hamkasblari va shogirdlari qalbida mangu yashaydi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEBTelegram Instagram | Facebook |▶ Youtube