Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

hamkorlik

hamkorlik
Zig‘ir yetishtirishda Belarus olimlari bilan hamkorlik Belarus Respublikasi Prezidenti A. Lukashenkoning yaqindagina O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik ufqlarini yanada kengaytirdi. Bu esa barcha sohalarda bo‘lgani kabi agrar soha ilm-fanini ham hamkorlikda rivojlantirishning yangi bosqichini boshlab berdi. Endilikda Belarus Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi “Zig‘ir instituti” bilan O‘zbekistonda tolali ekinlar yetishtirish bo‘yicha hamkorlik qilinadi. Ayni maqsadda Tolali ekinlar (“Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ) ilmiy-tadqiqot instituti va Belarus Respublikasining “Zig‘ir instituti” davlat unitar korxonasi o‘rtasida ilmiy-texnik hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Tolali ekinlar (“Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ) ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati shu kunlarda Minsk shahrida bo‘lib o‘tayotgan “BELAGRO-2024” koʻrgazmasida ishtirok etmoqda. Shuningdek, “Zig‘ir instituti” bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ekologik toza zig‘ir o‘simligini yetishtirish va uni qayta ishlashni tashkil qilish hamda qishloq xo‘jaligida o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan dronlarni hamkorlik asosida ilmiy muassasa ustaxonasida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan qo‘shma ilmiy loyihani amalga oshirishga kelishildi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEBTelegram Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.