hamkorlik

Bog‘dorchilik yo‘nalishida dunyoga taniqli kompaniya O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirmoqda
Bugun Milliy markaz direktori Sh. Otajonov Ispaniyaning “Viveros Veron” kompaniyasi menejeri Mariya Malgaresni qabul qildi. Muloqot avvalida Sh. Otajonov Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi va uning tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy salohiyati va imkoniyatlari to‘g‘risida mehmonlarga ma’lumot berdi.
Shuningdek, O‘zbekiston agrar sohasining ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida xorij tajribasini o‘zlashtirish, ekin turlari kolleksiyasini boyitish maqsadida dunyoning eng nufuzli ilmiy muassasalari bilan mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini ham ta’kidladi.
⏸ “Viveros Veron” kompaniyasi menejeri Mariya Malgares uchrashuvdan ko‘zlangan maqsadni bayon etar ekan, O‘zbekistonda bog‘dorchilik sohasini rivojlantirishda hamkorlik qilish taklifini bildirdi. Ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun o‘zi boshqarayotgan kompaniyaning imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Ma’lum qilinishicha, ushbu kompaniya bog‘dorchilik yo‘nalishida 100 yillik tarix va tajribaga ega. Shu bois bog‘dorchilikni rivojlantirishda dunyoning ko‘plab davlatlarida o‘z xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.
– Biz mijozlarimizga ularning loyihasini muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan har bir bosqichda hamrohlik qilamiz. Sifatli ko‘chat, hosildor bog‘ va xaridorgir mahsulot yetishtirish komaniyamizning asosiy maqsadi, – dedi Mariya Malgares.
Uchrashuv ishchan kayfiyatda o‘tdi. Tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi. Maqsad va muddaolar to‘liq anglashilgach, Milliy markaz rahbari Sh. Otajonov tashkilot ilmiy yo‘nalishda hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlarimizga obuna bo'ling:
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube