Hamkorlik

Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov Yaponiyaning JAPAN CONSERVATION ENGINEERS & CO.LTD kompaniyasi vakillarini qabul qildi. Kompaniya menejeri Yoshida Kaziyo
yaponiyalik olimlar tomonidan yaratilgan FUJIMIN preparati haqida ma'lumot berib, hamkorlik taklifini ilgari surdi.
Yoshida Kaziyo preparatning yaratilishi, uning afzalliklari, qishloq xo‘jaligi ekinlarining rivojlanishiga ta’siri to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi. Eng asosiysi, preparat yerlarning sho‘rini kamaytirishga, sho‘rlangan maydonlarda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jalik ekinlarining rivojlanishini yaxshilab, hosildorligini oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Bu preparat Samarqand, Xorazm, Farg‘ona viloyatlaridagi shaxsiy tomorqa maydonlarida tajribadan o‘tkazilgan bo‘lib, ijobiy natija berganini ma'lum qildi.
Bizni kuzatishda davom eting.
Milliy markaz (AKIS) RASMIY KANALI