Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Hamkorlik

Hamkorlik
Turkiya anjirchilar uyushmasi (“Taris”)ga tashrif doirasida sohani boshqarishining ilg‘or tajribalari o‘rganildi Turkiyaga xizmat safarimiz davomida ushbu mamlakatda anjir yetishtirish bo‘yicha yetakchi bo‘lgan “Taris” kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdik. Ma’lumot uchun aytish kerakki, ushbu kompaniyaga 1915 yilda asos solingan. Maqsad, o‘sha paytda Egey mintaqasidagi oziq-ovqat bozorida yuzaga kelgan monopoliyaga barham berish edi. Keyinroq kompaniy tarkibida 1915- yil 21- avgustda “Kooperatif Aydın İncir Müstahsilleri Anonim Şirketi” ya’ni Aydın Anjir ishlab chiqaruvchilari kooperativ aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi. ⌛ Tashkilot o‘tgan davr mobaynida tez rivojlandi va anjir yetishtiruvchilarning mahsulotlari eng munosib va adolatli tarzda baholanishini ta’minladi. Biz ushbu kompaniya rahbariyati bilan anjirzorlar va qayta ishlash korxonalari bo‘ylab ekskursiya qildik. Adirlar yon bag‘rida yastanib yotgan anjirzorlarning go‘zal manazarasi ehtimol shoirlarga ilhom baxsh etar, ammo iqtisodchi odam undan keladigan daromad va eksportni chamalaydi. Qayd etish kerakki, Turkiya anjir eksportida dunyodagi 1- raqamli davlat hisoblanadi. Chunki jahon bozorida sotilayotgan anjir va undan tayyorlangan mahsulotlar ulushining 60 foizga yaqini Turkiya hissasiga to‘g‘ri keladi. “Taris” kompaniyasiga tegishli anjir markazining qayta ishlash korxonalarida ham yiliga 15000 tonna anjir qayta ishlanadi. Quritilgan anjir mahsulotlari organik sertifikatlar asosida Turkiyaning barcha hududlari va dunyoning ko'plab mamlakatlariga sotiladi. https://t.me/Sh_Otajonov_Milliy_markaz

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.