Hashar

Obod manzillarni orasta odamlar yaratadi
Bugun yurtimiz uzra quyosh yanada mo‘lroq nur socha boshladi. Kechagina chekinishni istamagan qish sovug‘ida lab yorolmay junjikib turgan o‘rik g‘unchasi bugun quyoshning zarrin nurlari taftida lab yora boshladi. Odamlarning kayfiyati ham shunga yarasha. Chunki ostonada Navro‘z olam eshik qoqmoqda.
Milliy markazning ahil jamoasi bugun ham erta tongdan bahoriy kayfiyat bilan yurtimiz bo‘ylab 16-18 mart kunlari “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida boshlangan umumxalq xayriya hasharini bugun ham davom ettirmoqda.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan ikki kun Akademik Mahmud Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining dala tajriba maydonlari hududida hasharda ishtirok etgan xodimlarimiz Milliy markaz hududini obonlashtirish, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazishga astoydil kirishdilar.
Milliy markaz Axborot xizmati hashar jarayonlarini yoritib boradi. Bizni ijtimoiy tarmoqladagi sahifalarimiz orqali kuzatib boring!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube