Hashar

Bir maqsad yo’lida
Milliy markaz tizimidagi Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida 2 kundan buyon hashar ishlari o’tkazilmoqda.
⌛ Bunda Milliy markaz tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy- tadqiqot instituti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.
Hashar davomida ma'muriy binoni ta'mirlash, hudud atroflarini tozalash hamda institut texnika omboridagi texnikalarni qayta ta'mirlash ishlari qizg'in olib borilmoqda.
⌛ Hashar xalqimizning yakdilligi, birdamligining amaliy namunasi ekani shu kunlarda yana bir karra yaqqol o‘z ifodasini topdi deyish mumkin.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube