Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Hindistonda bo‘lib o‘tayotgan “Texnologiya transferi” xalqaro o‘quv dasturida Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti vakili ishtirok etmoqda

Hindistonda bo‘lib o‘tayotgan “Texnologiya transferi” xalqaro o‘quv dasturida Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti vakili ishtirok etmoqda
Shu kunlarda Hindistonda Texnik va iqtisodiy hamkorlik dasturi (ITEC) hamda Hindiston Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida ICRISAT xalqaro ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan “Texnologiya transferini o‘zlashtirish: rivojlanayotgan mamlakatlar uchun global yo‘l” nomli 20 kunlik xalqaro o‘quv kursi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur o‘quv dasturida dunyoning turli davlatlaridan soha mutaxassislari va olimlar ishtirok etmoqda. Ushbu o‘quv kursida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi Javohir Mavlonov ham ishtirok etmoqda. Tadbir doirasida institut vakillari ICRISAT tomonidan genom texnologiyalari asosida, xususan qisqartirilgan seleksiya (speed breeding) usuli bilan yaratilgan boshoqli don va dukkakli ekinlarning yangi navlari bilan yaqindan tanishmoqda. Shuningdek, mazkur nav namunalarini O‘zbekistonning lalmi va sug‘oriladigan maydonlariga moslashtirish, ularni amaliyotga joriy etish hamda ICRISAT instituti bilan ilmiy-amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.