Hisorda paxtachilikni iqlim o'zgarishiga moslashtirish masalalari muhokama qilindi

Tojikiston Respublikasining Hisor shahrida “Paxtachilikni iqlim o‘zgarishiga moslashtirish: zamonaviy tomchilatib sug‘orish va plyonka ostida yetishtirish texnologiyalaridan foydalanish tajribasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti olimlari ishtirok etgan seminarda paxtachilikni zamonaviy agrotexnologiyalar asosida rivojlantirish, xususan, tomchilatib sug‘orish, plyonka ostida yetishtirish hamda iqlim o‘zgarishi sharoitida hosildorlik va resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilg‘or yondashuvlar muhokamaqilindi.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube