Hokim o'rinbosarlarining o'quvlari davom etmoqda

Xabaringiz bor, tuman (shahar) hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlarining bilim va ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan o‘quv-amaliy seminari tashkil qilingan edi.
Bugun ushbu seminarning navbatdagi o‘quv jarayonlari Toshkent viloyatiningi Yangiyo‘l tumanida joylashgan "Promeatagro" naslchilik xo‘jaligi hamda "Xarrot fish xaus" xususiy korxonasida davom etdi.
Ishtirokchilar o‘quv jarayonlarida chorvachilik va baliqchilik borasidagi bilimlarni amaliy darslar bilan yanada mustahkamlab, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga soha mutaxassislaridan ilmiy asoslangan javoblarni olishdi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram |Facebook |▶Youtube