Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Hosildan zaxiragacha: agrar sohadagi muhim vazifalar muhokama qilindi

Hosildan zaxiragacha: agrar sohadagi muhim vazifalar muhokama qilindi
Bugun qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligida vazirlik markaziy apparati va tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Video-konferens-aloqa shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda paxta yig‘im-terimiga tayyorgarlik ishlarining joriy holati, oziq-ovqat balansi va zarur zaxiralarni yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, qishki mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish, chorva mollari uchun yetarli miqdorda ozuqa zaxiralarini g‘amlash, g‘alla ekish ishlarini tashkil etish hamda g‘alla ekiladigan maydonlarni Agroplatformada to‘liq aks ettirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yig‘ilish davomida joriy yilning sentyabr va oktyabr oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan yirik tadbirlarga tayyorgarlik ishlarining borishi ham ko‘rib chiqildi. Bu borada mutasaddi rahbarlarga aniq vazifalar va tegishli topshiriqlar berildi. ℹBundan tashqari, Navoiy viloyatida yaylov yerlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, qishloq xo‘jaligi sohasiga jalb etilayotgan investitsiyalar samaradorligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi. Yig‘ilish so‘ngida Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasidan kelib tushgan topshiriqlar ijrosi, shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati tahlil qilindi. Muhokama qilingan har bir yo‘nalish bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.