Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Hosilni saqlash madaniyati — oziq-ovqat xavfsizligining muhim bo‘g‘ini

Hosilni saqlash madaniyati — oziq-ovqat xavfsizligining muhim bo‘g‘ini
Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Surxondaryo viloyatidagi ishchi tashrifini yakunlab, Qashqadaryo viloyatiga yetib keldi. Tashrif dasturiga muvofiq vazir Qarshi tumanidagi "Karvon omad savdo" MCHJ tasarrufidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan sovutgichli ombor faoliyati bilan tanishdi. Ayni paytda omborda 360 tonna sabzi va 400 tonna kartoshka saqlanmoqda. Vazir omborda yaratilgan sharoitlar, mahsulotlarni saqlash jarayonlari hamda ularning sifatini uzoq muddat saqlab qolishga qaratilgan texnologik yechimlarni ko‘zdan kechirdi. O‘rganishlar davomida mahsulot sifatini saqlash va tabiiy yo‘qotishlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, mahsulotlarni ortiqcha bosim tushiradigan tarzda taxlamaslik, ular orasida havo erkin aylanishini ta’minlash, ventilyatsiya tizimidan samarali foydalanish hamda harorat va namlik ko‘rsatkichlarini doimiy nazorat qilish yuzasidan mas’ullarga zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, mavjud saqlash quvvatlaridan samarali foydalanish, zamonaviy saqlash texnologiyalarini keng joriy etish, energiya tejamkor uskunalardan unumli foydalanish hamda barcha saqlash jarayonlarini texnologik talablar asosida tashkil etish muhimligi ta’kidlandi. Albatta, hosilni sifatli saqlash — dehqonning mehnatini qadrlash, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va eksport salohiyatini oshirishning muhim omillaridan biridir. Har bir kilogramm mahsulotni isrof qilmasdan iste’molchiga yetkazish va saqlash infratuzilmasini yanada rivojlantirish oldimizdagi ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qoladi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.