Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Hozir "to‘qsonbosti" ekkan dehqonning hamyoni bahorda pulga to'ladi!

Hozir "to‘qsonbosti" ekkan dehqonning hamyoni bahorda pulga to'ladi!
Bugun Navoiy viloyatining Karmana tumanida to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlarini yetishtirish bo‘yicha seminar tashkil etildi. Seminarda Milliy markaz tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Navoiy ilmiy-tajriba stansiyasi xodimlari ham faol ishtirok etdi. Tadbir davomida ishtirokchilarga to‘qsonbosti usulida sabzavot yetishtirishning zamonaviy agrotexnologiyasi, ekinlarni joylashtirish, ekish muddatlari, urug‘lik me’yorlari, parvarishlash, oziqlantirish hamda hosildorlikni oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, seminar qatnashchilariga to‘qsonbosti usulida sabzavot yetishtirish agrotexnologiyasiga oid ilmiy-uslubiy qo‘llanma materiallar tarqatildi. Seminar yakunida fermer xo‘jaliklari va soha mutaxassislari bilan o‘zaro fikr almashilib, to‘qsonbosti usulini hududlarda keng joriy etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.