Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

HUDUDLARDA "AQLLI" QISHLOQ XO'JALIGI BOSHQARUVI BO'YICHA SEMINARLAR BO'LIB O'TADI

HUDUDLARDA "AQLLI" QISHLOQ XO'JALIGI BOSHQARUVI BO'YICHA SEMINARLAR BO'LIB O'TADI
Bugun Milliy markazda Janubiy Koreyaning xalqaro DICA tashkiloti olimlari mehmon bo'ldi. Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi va Koreyaning xalqaro DICA tashkiloti hamkorligida Milliy markaz huzurida "Aqlli issiqxona" va "Meva sabzavotchilikda ilg'or texnologiyalar o'quv markazi" tashkil etilib, bu yerda issiqxona xo'jaliklarini tashkil etgan yoki tashkil etishni maqsad qilgan mutaxassislarining malakasi oshiriladi. Kelgusida ushbu markaz resurs tejamkor, zamonaviy issiqxonalar boshqaruvi yo'lga qo'yilishiga xizmat qiladi. Avvalroq, mazkur loyihalar doirasida o'zbekistonlik olimlar Koreya tajribasini o'rganib qaytgani haqida ham xabar bergan edik. Loyihaning navbatdagi dasturiga muvofiq koreyalik olimlar endi O'zbekistondagi fermer va issiqxona xo'jaliklari egalarini "Aqlli issiqxona" boshqaruvi va mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash hamda zararkunandalarga qarshi kurashish borasidagi bilimlarini oshiradi. O'quv seminarlari dekabr oyida Namangan, Sirdaryo, Toshkent va Samarqand viloyatlarida bo'lib o'tadi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.