Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

HUDUDLARDA SEMINARLAR DAVOM ETMOQDA

HUDUDLARDA SEMINARLAR DAVOM ETMOQDA
Shu kunlarda Qishloq xo'jaligi vazirligining tegishli boshqarmasi mas'ullari va ilmiy-tadqiqot institutlari olimlaridan tarkib topgan ishchi guruhlar hududlarda bo'lib, boshoqli don ekinlari parvarishi bo'yicha seminarlar o'tkazmoqda. Ishchi guruh Buxoro viloyatining G'ijduvon tumanida Milliy markaz bo'lim boshlig'i O'lmasboy Sobitov o'zining "Hududlarda ekilgan kuzgi bug'doy navlaridan kelib chiqib yuqori hosil yetishtirishda qo'llaniladigan zamonaviy agrotexnik tadbirlar" mavzusida bevosita dala maydonida seminar o'tkazdi. Shuningdek, Milliy markaz tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri G'ulomjon Uzoqov esa "G'allani makro va mikro elementlar bilan boyitilgan preparatlar yordamida suspenziya usulida bargdan oziqlantirishning ahamiyati" mavzusida ishtirokchilarga ma'lumotlar berdi. Seminarlarda g'alla yetishtiruvchi klasterlar va fermer xo'jaliklari rahbarlari g'alla parvarishi bo'yicha o'z bilim va ko'nikmalarini oshirmoqdalar. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.