Hududlardan_xabarlar

#Jizzax
Paxtakor tumanida joriy 2023 yilgi g‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumiga tayyorgarlik ko’rish borasida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar avvalida yoshi ulug‘ otaxonlar bobodehqonlar oldidagi mashaqqatli, shu bilan birga sharafli ishlarida kuch-quvvat tilab, yurtimizda mo‘l-ko‘lchilik, to‘kin-sochinlik bo‘lishiga duo qildi. Shundan so‘ng seminar ishtirokchilariga iyun-iyulgacha davom etadigan o‘rim-yig‘im mavsumida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi haqida ma’lumot berildi.
Ushbu uchrashuvda tuman hokimi 2023 yilda g‘alla o'rimida g'alla hosilini nes-nobud qilmasdan yig'ib olish, g'alla o'rimi ishlariga tayyorgarlik sifatini ko'zdan kechirib, dala maydonlaridan xandaklarni ko'mish ishlarini bajarish zarurligini aytib o'tdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube