Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Hududlardan_xabarlar

Hududlardan_xabarlar
#Qashqadaryo_AKIS Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida joylashgan “Hosildor zamin” zamonaviy ko‘chatchilik ta’lim majmuasida ko‘rgazmali o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat Agroxizmatlar markazi mutaxassislari ishtirok etdi. Seminarda viloyat Agroxizmatlar markazi direktori Sh.Sarmonov va akademik M.Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasi direktori A.Hamidov so‘zga chiqib, yo‘qolib borayotgan iqlimga mos hosildor turli xil navlardagi ko‘chatlarni ko‘paytirish, ularni kuzgi va bahorgi, ya’ni kurtakdan hamda yorish usulida payvand qilish usullari va afzalliklari haqida ma'lumot berdi. Bundan tashqari ishtirokchilar tajriba maydonida parvarishlanayotgan iqlimga mos poliz va donli ekinlar bilan tanishishdi. Ko‘rgazmali o‘quv seminari savol-javoblarga boy bo‘ldi. Mutaxassislar o‘zaro fikr almashib, faoliyati davomida duch kelgan savollariga javob olishdi. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.